Ozarbayjon olimi: “Sobiq SSSR davlatlari kirill alifbosidan voz kechib, umumiy alifbo joriy etadi”

2 daqiqa o'qish311
Ozarbayjon olimi: “Sobiq SSSR davlatlari kirill alifbosidan voz kechib, umumiy alifbo joriy etadi”
Foto: dknews
Turkiy davlatlar vakillari lotin alifbosiga asoslangan yagona alifboga o‘tishga kelishib oldi, deya turkiy davlatlar umumiy alifbosi komissiyasi a’zosi, Boku davlat universiteti umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri Nizomiy Jafarov xabar berdi.

Unga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan komissiya yig‘ilishida 34 harfdan iborat umumiy alifbo loyihasi kelishib olingan. Ushbu tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Jafarovning ma’lum qilishicha, “umumiy alifboga o‘tgandan keyin mamlakatlar jiddiy o‘zgarishlarga duch kelmaydi, chunki bu ko‘pchilik turkiy davlatlarda qabul qilingan yozuv shakliga to‘g‘ri keladi”.

“Bu yerda katta muammolar yo‘q. Eng katta muammo qozoqlar va qirg‘izlar qachon lotin alifbosiga o‘tishidadir”, dedi u.
Shu bilan birga, Jafarov umumiy turkiy til yaratish haqida gap bo‘lmasligini ta’kidlagan. Ya’ni, davlatlar umumiy turkiy alifboga asoslangan o‘z alifbolarini o‘rnatadi.

Lotin asosidagi umumiy turkiy alifbo loyihasi ilk bor 1991 yilda taklif qilingan. Oxirgi ikki yil davomida bu borada komissiya ishlamoqda. Komissiya vakillarining ta’kidlashicha, yozuvning yagona shakli “turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlikka yordam beradi”.

Kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish jarayoni SSSR parchalanishi natijasida mustaqillikka erishgan Sovet ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha turkiyzabon davlatlarda sodir bo‘lgan. Ozarbayjon va Turkmanistonda 1990 yillarning birinchi yarmida kirill alifbosidan voz kechilgan. O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida ikkita alifbo bo‘lgan, biroq so‘ngi yillarda mutasaddilar butunlay lotin alifbosiga o‘tdi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston hanuzgacha kirill alifbosidan foydalanadigan oxirgi ikki turkiy tilli davlatdir.

Qozog‘istonda qozoq tili alifbosini kirill alifbosidan lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi prezident farmoni 2017 yilda qabul qilingan. 2021 yilda lotinlashtirilgan alifbo versiyasi joriy qilingan, biroq 2023 yil bahorida amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev rasmiylar o‘tish jarayonini imkon qadar tezroq yakunlash maqsadida ko‘plab jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini aytgan.

Qirg‘izistonda parlament a’zolari 2023 yilning bahorida lotin alifbosiga o‘tish zarurligini ma’lum qilgan. Qonunchilar “kirill alifbosidagi asl qirg‘izcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilganini” ta’kidlagan. Biroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz tilining lotin alifbosiga o‘tishi haqida gapirishga hali erta ekanini aytgan.

“Davlat tilini kirill alifbosida to‘g‘ri, malakali bilishni ta’minlamay turib, lotin alifbosiga o‘tish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Davlat tilini rivojlantirishni kirill alifbosida davom ettirish kerak”, degan Japarov.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?