15:27 / 28.11.2024
4

Xalqaro jinoiy sud Myanma rahbarini hibsga olmoqchi

Xalqaro jinoiy sud Myanma rahbarini hibsga olmoqchi
Foto: Min Aun Xlayn / Reuters
Xalqaro jinoiy sud (XJS) bir vaqtning o‘zida muvaqqat prezidenti bo‘lgan Myanma qurolli kuchlari rahbari Min Aun Xlaynni hibsga olishga order bermoqchi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

U Myanma va Bangladeshdagi rohinjalarni deportatsiya hamda ta’qib qilish bilan bog‘liq insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda. XJS prokurori Karim Xonning idorasi bu bo‘yicha “keng ko‘lamli, mustaqil va xolis tekshiruv” o‘tkazgani va kerakli asoslarga egaligini ta’kidladi.

Jinoyatlar 2017 yil 25 avgustdan 2017 yil 31 dekabrgacha, ya’ni to‘rt oy davomida sodir etilgan. Bu Myanmaning yuqori martabali harbiy amaldorini hibsga olish uchun order berish bo‘yicha birinchi qadam.

Masalani uch sudyadan iborat hay’at ko‘rib chiqishi kerak, ular ayblovlarning asosliligiga rozi bo‘lish-bo‘lmasligini hal qiladi. Odatda qaror qabul qilishga taxminan uch oy kerak bo‘ladi.

"Min Aun Xlayn Myanmadagi ko‘plab inson huquqlari buzilishlarida hal qiluvchi rol o‘ynadi. U 2016 va 2017 yillarda rohinja xalqiga qarshi shafqatsiz operatsiyalarga rahbarlik qildi, shuningdek, 2021 yildagi davlat to‘ntarishiga boshchilik qildi. Bu to‘ntarish natijasida deyarli 6 ming tinch aholi halok bo‘ldi va Myanma iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy tartibsizlikka botdi", deydi Amnesty International bosh kotibi Anes Kallamar.

2012 yilda buddistlar va musulmonlar o‘rtasidagi dinlararo ziddiyat avj olgan paytda, 100 mingga yaqin musulmon ozchilik vakillari — rohinjalar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. 2017 yilda Birma politsiya bo‘limlariga hujum qilingandan so‘ng mojaro yana avj oldi. Shu yili Myanma armiyasi Rakxayn shtatida “terrorizmga qarshi” harbiy operatsiya o‘tkazdi.

BMT tergovchilarining ta’kidlashicha, bu harakat “genotsid maqsadida” amalga oshirilgan. Natijada 700 ming nafar rohinja o‘z uylarini tashlab, Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalqaro jinoiy sud Myanma rahbarini hibsga olmoqchi