date

Qalampir uchun 2 milliard so‘m: tadbirkorning tasodifiy xatosi sudgacha yetdi

Qalampir uchun 2 milliard so‘m: tadbirkorning tasodifiy xatosi sudgacha yetdi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan “N.S.2020” MCHJga qarashli do‘kon egasi oddiy savdo jarayonida 20 ming so‘mlik qalampir uchun chek urish o‘rniga 2 milliard so‘mlik chek chiqarib yuborgan.

Anglashilmovchilik natijasida tadbirkor katta miqdordagi soliq qarzdorligi bilan yuzma-yuz kelgan. U xatoni tuzatish uchun chekni bekor qilishni so‘rab soliq boshqarmasiga murojaat qilgan, biroq unga “tizimdagi ma’lumotlar tahrirlanmaydi” degan javob berilgan.

Muammo hal etilmagach, ish Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga olib chiqilgan. Arizada Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 17-apreldagi qarori — chekni tahrirlamaslik harakati qonunga zid ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Natijada Navoiy tumanlararo ma’muriy sud soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topdi va tadbirkor foydasiga hal qiluv qarori chiqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalampir uchun 2 milliard so‘m: tadbirkorning tasodifiy xatosi sudgacha yetdi