
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 31-oktyabr kuni Farg'ona viloyatida "Ayollar va bolalarni qo'llab-quvvatlash markazi"ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu markaz "Mehrjon" nodavlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.
Loyiha BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi ko'magi bilan amalga oshirilgan "Qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish" maxsus dasturi doirasida amalga oshirildi. Yangi markaz zo'ravonlik qurbonlariga vaqtinchalik boshpana taqdim qilish bilan birga, ularga psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam ko'rsatadi.
Shuningdek, muassasada oilaviy nizolarni hal etish, zo'ravonlikdan aziyat chekkanlarni ijtimoiy moslashtirish va ayollar hamda bolalarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maxsus tadbirlar o'tkaziladi. Ta'kidlash joizki, joriy yilda Ombudsman tomonidan "Tenglik va hurmat" platformasi ishga tushirilgan bo'lib, u orqali gender tengligini ta'minlash va zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Farg'onada ayollar va bolalar markazi ochildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing