date

Rossiya boylari bir yilda 22 milliard dollar topdi — kimlar eng ko‘p boyidi?

Rossiya boylari bir yilda 22 milliard dollar topdi — kimlar eng ko‘p boyidi?

Bloomberg Billionaires Index” hisobotiga ko‘ra, 2025 yil boshidan beri Rossiyaning eng boy tadbirkorlari umumiy hisobda 22 milliard dollarga boyigan.

Eng katta moliyaviy o‘sishga ega bo‘lganlar orasida:

  • Aleksey Mordashov (“Severstal” egasi) — boyligini 4,84 mlrd dollarga oshirib, 28,1 mlrd dollarga yetkazdi.

  • Alisher Usmonov4,86 mlrd dollar foyda bilan 18,1 mlrd dollar kapitalga ega bo‘ldi.

  • Pavel Durov (“Telegram” asoschisi) — yil boshidan buyon 3,71 mlrd dollar topib, boyligini 14,7 mlrd dollarga yetkazdi.

Shu bilan birga, ayrim rossiyalik milliarderlarda boylik kamaygani qayd etilgan. Masalan, Vladimir Lisin (Novolipesk metallurgiya kombinati rahbari) 2,86 mlrd dollar yo‘qotgan, natijada uning boyligi 23 mlrd dollarga tushgan.

Bloomberg’ning “Billionaires Index” reytingi dunyo miqyosida eng boy insonlarning moliyaviy holatini real vaqt rejimida kuzatib boradi. Ekspertlar fikricha, bu yil Rossiyalik sarmoyadorlar uchun metallurgiya, xomashyo va texnologiya sektorlaridagi narxlarning o‘sishi asosiy omil bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya boylari bir yilda 22 milliard dollar topdi — kimlar eng ko‘p boyidi?