
Foto: Reuters
Xitoy va Buyuk Britaniya olimlaridan iborat xalqaro guruh inson qonining mayda tuzilmalarini uch o‘lchamli usulda yaratishning yangi yo‘lini ishlab chiqdi, bu kelajakda dorilarni sinovdan o‘tkazishda hayvonlardan foydalanishni to‘xtatishga xizmat qiladi, deyiladi Angewandte Chemie jurnalida chop etilgan maqolada.
PRINCESS nomini olgan yangi usul DNK-gidrogel tipidagi biomaterialdan foydalanadi. Bu esa unga inson sochidan ham ingichka — 70 mikrometrli mikrotomirlar tarmog‘ini ham bosib chiqarish imkonini beradi.
Ixtiro mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur modelning joriy etilishi nafaqat insoniylik jihatdan to‘g‘ri, balki tadqiqotning ancha samarali va aniq o‘tishini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
«Hayvonlar ustida sinov o‘tkazish har doim ham insonning doriga bo‘lgan reaksiyasini yaxshi bashorat qila olmaydi, shuning uchun insonni tekshirishning yanada real mexanizmini ishlab chiqish kerak va mikrotomirlar buning asosiy jihatiga aylanadi», — deydi Buyuk Britaniyadagi Stratklayd universiteti porfessori Uilyam Shou.
Mutaxassislarning hisoblashicha, ularning kashfiyoti regenerativ tibbiyotda ham yutuqlarga erishish imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar