Inson organizmida osteoblastlar (suyak toʻqimasini shakllantiruvchi hujayralar) va osteoklastlar (suyuklarni parchalovchi hujayralar) oʻrtasidagi muvozanat buzilganda osteoporoz rivojlanadi. Osteoklastlar skelet tuzilishini oʻzgartirib, uni mustahkamlaydi, ammo ularning soni osteoblastlardan oshib ketsa, suyak toʻqimasi sekin-asta yoʻqolib, suyaklar moʻrtlashib boradi.
Hozirda osteoporozni davolashda yoki eski suyak toʻqimasining emirilishini sekinlashtiruvchi, yoki yangi toʻqimaning shakllanishini ragʻbatlantiruvchi dori vositalari qoʻllaniladi. Biroq bu preparatlarning ta'siri 12 oydan keyin sezila boshlaydi, shu davrda esa bemor jiddiy jarohat olish xavfiga duch keladi. Shuningdek, dorilarning nojoʻya ta'sirlari boʻlishi mumkin va ayrim bemorlarda umuman samara bermasligi ham ehtimoldan xoli emas.
Muammoga echim topish maqsadida Shveytsariyaning EPFL universiteti olimlari innovatsion gidrogel ishlab chiqishdi, deb yozadi New Atlas. Ushbu modda tarkibiga gialuron kislotasi (organizmning biriktiruvchi toʻqimalari ishlab chiqaradigan modda) va gidroksiapatit nanozarrachalari (suyuk toʻqimasining asosiy qurilish materiali) kiritilgan.
Laboratoriya sinovlari kalamushlar ustidan oʻtkazildi. Osteoporozga chalingan hayvonlarga gidrogel yuborilganda, 2–4 hafta ichida suyak zichligi 2–3 barobarga oshgan. Boshqa guruh kalamushlar esa dastlab standart gormonal muolaja oldi, keyin esa ularga osteoporozning rivojlanishini sekinlashtiruvchi preparat bilan aralashtirilgan gidrogel yuborildi. Natijada, ularda suyak zichligi 4,8 barobarga oʻsdi.
Gormonal davolash usullarida ayrim salbiy ta'sirlar saqlanib qolishi mumkin boʻlsa-da, yangi usul ancha qisqa muddatda samarali natija beradi. Agar gidrogel tegishli nazorat organlari tomonidan tasdiqlansa, olimlar uni insonlarda ham sinovdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar