“Gul naqshli shlyapa kiygan ayol” — Pikassoning asari 37 mln dollarga ketdi

1 daqiqa o'qish295
“Gul naqshli shlyapa kiygan ayol” — Pikassoning asari 37 mln dollarga ketdi

Parijda o‘tkazilgan auksionda Pablo Pikassoning “Gul naqshli shlyapa kiygan ayol byusti (Dora Maar)” nomli asari 37 million dollarga sotildi, deb xabar berdi “Associated Press”.

Asar auksionga dastlab 9–11,6 million dollar orasida baholangan holda qo‘yilgan edi, ammo yakunda kutilgan narxdan to‘rt baravar qimmatga sotildi. Bu rasm mashhur rassomning ilhom manbai va sevgilisi bo‘lgan Dora Maarning portretidir.

Pikasso bu asarni 1943 yil iyul oyida yaratgan. Oradan bir yil o‘tib, u xususiy kolleksiyaga o‘tgan va 80 yil davomida shaxsiy qo‘llarda saqlangan. Mutaxassislar asarning saqlanish holatini “mukammal” deb baholagan.

Dora Maarning o‘zi ham rassom va fotograf bo‘lgan. Uning Pikasso bilan munosabatlari 1936 yildan 1945 yilgacha davom etgan.

San’at tanqidchilari ta’kidlashicha, bu asar nafaqat Pikassoning sevgi va ilhom davrini ifoda etadi, balki u yaratgan ikkinchi jahon urushi yillaridagi psixologik holatini ham namoyon qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?