
Pokiston mudofaa vaziri Xoja Muhammad Asif Istanbuldagi muzokaralar natija bermasa, Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasida ochiq urush boshlanishi mumkinligini aytdi. U bu gapni muzokaralar arafasida bergan bayonotida bildirdi.
Istanbuldagi uchrashuvlar shanba kuni boshlandi va yakshanbagacha davom etishi rejalashtirilgan. Muzokaralarning maqsadi — Doha bitimini uzoq muddatga barqaror qilish va chegaradagi toʻqnashuvlarning takrorlanishini toʻxtatishdir.
Asifning aytishicha, soʻnggi toʻrt–besh kun ichida yangi toʻqnashuvlar qayd etilmadi va tomonlar sulh shartlariga rioya qilmoqda. “Agar muzokaralardan natija chiqmasa, bizda faqat bir yoʻl qoladi — bu urush,” dedi u, biroq Afgʻoniston tomoni tinchlikni xohlayotganini ham qoʻshimcha qildi.
Oktyabr boshida boshlangan toʻqnashuvlarda Islamabad Tolibonni Pokistonga hujum qilayotgan jangarilarga panoh berishda aybladi. Pokiston javoban havo zarbalari oʻtkazdi, natijada oʻnlab odamlar halok boʻldi va chegaradagi oʻtish punktlari yopiq qoldi.
Islomobod Afgʻonistonni ayblasa, Tolibon bu daʼvoni rad etib, Pokiston harbiy harakatlarini Afgʻoniston suverenitetiga zid deb atamoqda. Hozir ikki tomon ham vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish uchun diplomatik choralarni qidirishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!