date
views 145

Tramp “xoin” deb atagan sobiq rasmiylarga nisbatan tergov boshlandi

Tramp “xoin” deb atagan sobiq rasmiylarga nisbatan tergov boshlandi
Amerikada siyosiy ta’qiblar avj olayaptimi?

AQSH siyosiy sahnasida yana bir shov-shuvli voqea. Рrezident Donald Tramp o‘ziga qarshi chiqqan sobiq rasmiylarga qarshi qat’iy chora ko‘rmoqda. The Guardian nashri yozishicha, Tramp Adliya vazirligiga Mayls Teylor va Kris Krebsga nisbatan rasmiy tergov o‘tkazishni buyurgan.

Bu qaror 9 aprel kuni imzolangan maxsus prezidentlik memorandumi asosida amalga oshirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, tergov davlat sirlarini oshkor qilish va “prezidentga qarshi xoinona harakatlar” bilan bog‘liq holatlar asosida olib borilishi mumkin.

Mayls Teylor — “qarshilik harakati”ning yuziga aylangan shaxs

Mayls Teylor Tramp ma’muriyatida Ichki xavfsizlik departamenti shtab boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. U 2018 yili New York Times nashrida anonim maqola chop etib, o‘zini Tramp ma’muriyatidagi “qarshilik harakati”ning bir qismi sifatida tanitgan. Keyinchalik esa o‘z shaxsini oshkor qilib, “A Warning” (“Ogohlantirish”) nomli kitob chop etdi.

Donald Tramp va Mayls Teylor
Tramp esa uni ochiq-oydin “josusga o‘xshagan xoin” deb atadi:
“Men aytaman, bu Mayls Teylor degani kim o‘zi? U anonim tarzda kitob yozdi, yolg‘onlar tarqatdi. Bu xoinlik, josuslik bilan teng.”

Teylor esa Trampning ayblovlariga X ijtimoiy tarmog‘ida javob qaytardi:
“Men bu sodir bo‘lishini aytgandim. Muxolif fikr bildirish jinoyat emas. Bu, albatta, xoinlik ham emas. Amerika qorong‘i yo‘lga kirib bormoqda.”

Kris Krebs — “eng xavfsiz saylov”ni aytgan amaldor

Tramp tomonidan nishonga olingan ikkinchi shaxs — Kris Krebs. U Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) rahbari sifatida ishlagan. Krebs 2020 yilgi saylovdan so‘ng chiqish qilib, bu saylovni “Amerika tarixidagi eng xavfsiz saylov” deb atagan.

Bu so‘zlar esa Tramp tomonidan qattiq tanqid qilindi:
“Bu odam saylov eng xavfsiz bo‘lganini aytdi. Yo‘q, bu saylov falokat edi. Agar bu yolg‘on bo‘lsa, u albatta javob beradi.”

Shu tariqa, Tramp uni “saylovni soxtalashtirishda ko‘maklashish” va “so‘z erkinligini bostirish”da ayblab, unga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Xulosa: siyosiy repressiyami yoki davlat xavfsizligini himoya qilishmi?

Ayni paytda Trampning bunday tashabbusi Amerika siyosiy muhitida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar va tahlilchilar orasida bu holat “siyosiy repressiyaga moyillik” sifatida baholanmoqda. Ammo Trampning tarafdorlari buni “davlat xavfsizligini himoya qilish yo‘lidagi adolatli qadam” deb hisoblamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo