
Jahon miqyosida oltin qazib olish bo‘yicha 2024 yilgi eng yirik konlar ro‘yxati e’lon qilindi. Xalqaro tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil ham AQSH, O‘zbekiston, Rossiya va Indoneziya kabi mamlakatlar dunyodagi yetakchi oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar sifatida qayd etilgan.
Birinchi o‘rinni AQSHning Nevada shtatida joylashgan Nevada Gold Mines koni egalladi. Bu kon bir necha yirik shaxtalarni o‘z ichiga olib, yiliga yuzlab tonna qimmatbaho metall berish salohiyatiga ega.
Ikkinchi o‘rinda esa O‘zbekistonning tarixiy Muruntau koni joylashdi — u nafaqat mamlakat, balki butun dunyodagi eng katta ochiq oltin konlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Muruntau nafaqat qazib olinayotgan oltin hajmi, balki zaxira ko‘lami jihatidan ham o‘ziga teng raqibga ega emas.
Shuningdek, O‘zbekistonning yana bir koni — Olmaliq kon-metallurgiya majmuasi — jahon ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Bu esa mamlakatning tabiiy resurslar sohasidagi ulkan salohiyati va zamonaviy qayta ishlash infratuzilmasining samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodchilar fikriga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi barqaror o‘sib borayotgani, yangi texnologiyalarni joriy etish va geologik qidiruv ishlariga katta sarmoya kiritilayotgani bunda muhim rol o‘ynamoqda.
Eng ko‘p oltin qazib olinadigan 10 ta kon quyidagicha belgilandi:
AQSH — Nevada Gold Mines
O‘zbekiston — Muruntau
Indoneziya — Grasberg
Rossiya — Olimpiada
O‘zbekiston — Olmaliq majmuasi
Qozog‘iston — KazZinc
Indoneziya — Batu Hijau
Gana — Ahafo
Mali — Loulo-Gounkoto
Kongo Demokratik Respublikasi — Kibali
Muttaxassislar fikricha, Muruntau va Olmaliqning ushbu ro‘yxatdagi o‘rni O‘zbekistonning oltin qazib chiqarish sohasida xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!