
Chempionlar Ligasi to‘rtinchi turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Borussiya" Dortmund jamoasini qabul qiladi. "Shaharliklar" hujumchisi Erling Xoland sobiq jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Borussiya"da bir qancha do‘stlarim bor. Jamoa xodimlari bilan hamon aloqa qilaman.
Dortmundda ajoyib vaqt o‘tkazdim. Bu ajoyib klub bo‘lib, unda juda yaxshi insonlar ishlaydi.
Ular haqida faqat yaxshi gaplar ayta olaman. U yerda ikki yarim yil davomida ko‘plab ajoyib xotiralarim qoldi.
Bu men uchun maxsus o‘yin bo‘ladi", dedi Xoland matbuot anjumanida. Eslatib o‘tamiz, Xoland "Borussiya" safida o‘tkazgan 89 o‘yinda 86 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing