
Manchester Siti va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holann o‘zining asosiy maqsadi haqida so‘zlab berdi. Holann nafaqat klublar darajasida muvaffaqiyatga erishishni, balki o‘zining milliy jamoasi bilan tarixiy natijaga erishishni ham orzu qilishini ta’kidladi.
"Bu haqida men uzoq vaqtdan beri gapiraman — mening asosiy maqsadim Norvegiyani Jahon chempionati va Yevropa chempionatiga olib chiqishdir. Bu mening faoliyatimdagi eng muhim vazifa.
Hozirda buni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatlar bor va bu imkoniyatlardan qanday foydalanishimizga bog‘liq", — deydi futbolchi BBC nashriga bergan intervyusida. Hozirgi vaqtda Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichida o‘z guruhida 18 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing