
Isroillik olimlar inson ismining ta’siri faqat shaxsiy xususiyatlar bilangina chegaralanmasligini, balki tashqi ko‘rinishga ham ma’lum darajada ta’sir o‘tkazishi mumkinligini aniqladilar. Science Focus nashrida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan bir xil ismga ega insonlar tashqi jihatdan ham o‘xshashlik kasb eta boshlar ekan.
Yuz moslashuvi effekti: odam ismga qarab “ko‘rinish”ni oladimi?
Tadqiqotning markaziy nuqtasi — “yuzni moslashtirish effekti” deb ataluvchi hodisa bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, odamlar boshqa insonning yuziga qarab, tasodifiy tanlovga nisbatan aniqroq ravishda ismini topa olish qobiliyatiga ega.
Tadqiqotda ishtirok etganlardan ularga namoyish etilgan fotosuratlar orasidagi insonlar ismini topish so‘ralgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, katta yoshdagi ishtirokchilarning ismlarini to‘g‘ri topish ehtimoli bolalarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu esa shunga ishora qiladiki, inson o‘sish davomida o‘z ismiga “moslashadi”.
Algoritmlar ham o‘xshashlikni tasdiqladi
Suratlarni tahlil qilishda sun’iy intellekt algoritmlari qo‘llanildi. Ularning yordamida aniqlandiki, bir xil ismga ega katta yoshli kishilarda muayyan umumiy yuz xususiyatlari kuzatilgan, bu holat esa bolalarda kuzatilmagan.
Stereotiplar va ijtimoiy kutilmalar ta’siri
Olimlar fikricha, bu jarayonga asosiy turtki — ijtimoiy stereotiplar. Jamiyatda muayyan ismlarga kimga o‘xshashligi, qanday kiyinishi, hatto xulq-atvori qanday bo‘lishi kerakligi haqida yoki ong ostidagi kutilmalar mavjud. Inson esa asta-sekin o‘z ismiga mos deb tasavvur qilinadigan shaxsiyatni shakllantira boshlaydi.
Bu bilan bog‘liq holda, “o‘zini o‘zi oqlash bashorati” effekti ham amal qiladi: atrofdagilar insonga ismi asosida muayyan munosabatda bo‘ladi, bu esa shaxsning o‘zini qanday tutishi va his qilishiga ta’sir qiladi.
Masalan, maktablarda murakkab yoki nodir ismli o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan ongsiz ravishda “boshqacha” qabul qilinishi, bu esa o‘quvchi uchun farqli ta’lim tajribasiga aylanishi mumkin.
Germaniyada ham o‘xshash xulosalar qayd etilgan
Germaniyada o‘tkazilgan o‘xshash tadqiqotlar ham bu holatni tasdiqlaydi. Masalan, Aleksandr yoki Sofiya kabi keng tarqalgan ismlar ijobiy hissiyot uyg‘otgan, atrofdagilarda ishonch va yaqinlik tuyg‘usini paydo qilgan. Shu bilan birga, kam uchraydigan, original ismlar egalarining ijtimoiy jozibasi kamroq bo‘lsa-da, karerasining g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turgan.
Zamin.uz tahririyati mazkur tadqiqot natijalarini odam ongi, jamiyat ta’siri va shaxsiyat shakllanishi o‘rtasidagi murakkab bog‘lanishlarning yana bir tasdig‘i, deb baholaydi. Ism — faqat “nom” emas, balki hayotning rangi va inson obrazini shakllantiradigan omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.
Ism Ta’siriYuz MoslashuviSun’iy IntellektIjtimoiy StereotiplarO‘zini O‘zi OqlashGermaniya Tadqiqotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar