Afrika qit’asida futbol tarixi yana bir sensatsiya bilan boyidi — 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan navbatdagi jamoa aniqlandi. Bu safar mundialga ilk bor o‘z yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan mamlakat — Kabo-Verde, deb xabar berdi CAFonline.
Jamoa saralash bosqichida o‘z guruhidagi raqiblar — Kamerun va Angolani ortda qoldirdi. Orol davlati uchun hal qiluvchi bo‘lgan so‘nggi turda Kabo-Verde Esvatini ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Bu natija jamoani tarixiy yutuqqa — mundial yo‘llanmasiga olib chiqdi.
Bunday yutuq Kabo-Verde uchun beqiyos ahamiyatga ega. Atigi 600 ming nafar aholiga ega bo‘lgan kichik mamlakat endi JCH-2026ning 22-ishtirokchisi sifatida tarix sahifasiga kirdi.
Bu safar jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar quyidagilar: AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana va endilikda Kabo-Verde.
D guruhi saralash natijalari (10-tur, 13 oktyabr):
Kabo-Verde — Esvatini 3:0
Gollar: Livramento (48), Semedo (54), Stopira (90+1)Kamerun — Angola 0:0
Mavrikiy — Liviya 0:0
Bu natija bilan Kabo-Verde 23 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Kamerun 19, Angola esa 12 ochko bilan orqada qoldi.
Shu tariqa, kichik orol davlati tarixda ilk bor mundial finaliga chiqib, butun Afrika futbol jamoatchiligini hayratda qoldirdi. Kabo-Verdaning bu yutug‘i — sabr, jamoaviylik va ishonchning yorqin namunasi sifatida esda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!