Meksikada so‘nggi kunlarda yog‘gan kuchli yomg‘irlar natijasida toshqin va ko‘chkilar yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 64 kishi halok bo‘lgan, yana 65 kishi bedarak yo‘qolgan.
Tropik Raymond bo‘roni sababli daryolar toshib, yo‘llar va uylar zarar ko‘rgan. Prezident Klaudiya Sheinbaum bu darajadagi yog‘in kutilmaganini bildirdi.
Eng katta talafot Hidalgo va Verakrus shtatlarida qayd etilgan. Verakrusda 29 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Hukumat minglab odamlarni xavfsiz joylarga ko‘chirmoqda. Mutasaddilar suvdan keyin tarqalishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga qarshi choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar