Madagaskarda so‘nggi haftalarda katta norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar prezident Andri Rajoelina iste’fosini talab qilmoqda. Ular suv va elektr ta’minotidagi uzilishlar, korrupsiya va qashshoqlikdan shikoyat qilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, prezident yakshanba kuni Fransiya harbiy samolyotida mamlakatni tark etgan. Ayrim harbiylar esa hukumatga bo‘lgan sadoqatini to‘xtatib, namoyishchilarga qo‘shilgan.
Namoyishlar chog‘ida bir nechta davlat idoralari egallab olindi, Senat rahbari esa lavozimidan ozod etildi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, 25-sentabrdan beri kamida 22 kishi halok bo‘lgan. 30 million aholiga ega Madagaskarda yoshlar bu safar norozilik harakatining asosiy kuchiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar