Orban: "Kuniga 1 million yevro jarima to‘lash migrantlarni kiritishdan yaxshiroq"

2 daqiqa o'qish3.4K
Orban: "Kuniga 1 million yevro jarima to‘lash migrantlarni kiritishdan yaxshiroq"
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban yana bir bor Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatiga qarshi o‘z qat’iy pozitsiyasini namoyon etdi. Uning ta’kidlashicha, rasmiy Budapesht noqonuniy muhojirlarni mamlakatga kiritishdan ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga har kuni yuz minglab yevro jarima to‘lashga tayyor. U buni "kelajak uchun eng yaxshi sarmoya" deb baholadi.

«Bryussel bizga tahdid qilmoqda, shantaj bilan bosim o‘tkazmoqda. Biz sanksiyalar ostidamiz. Chunki Vengriya noqonuniy migrantlarni qabul qilishni rad etmoqda. Endi har kuni Yevropa Ittifoqiga 1 million yevro to‘lashimizga to‘g‘ri keladi. Bu — ulkan mablag‘, lekin shunchaki bitta muhojirni kiritgandan ko‘ra, biz bu jarimani to‘lashni afzal bilamiz», — deydi Viktor Orban o‘z chiqishida.

Uning fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining hozirgi migratsiya siyosati Yevropa madaniyatining ildizlariga tahdid solmoqda. Orban bu jarayonni "aholini sun’iy ravishda almashtirish" va "Yevropaning tarixiy qadriyatlarini yo‘q qilish" deb atadi.

Yevropa Ittifoqi Sudining 2024 yil iyun oyidagi qaroriga ko‘ra, Vengriya mamlakatga kirib kelgan qochqinlarni xalqaro muhofaza qoidalariga zid ravishda qabul qilmagani, ularni qonuniy asossiz hibsga olgani va qaytarib yuborgani uchun jazoga tortilishi belgilandi. Sud hukumati Budapeshtni 200 million yevro jarima to‘lashga, shuningdek, qonun buzilishlari bartaraf etilmagunicha har kuni 1 million yevrodan jarima to‘lashga majbur qildi.

Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosatini barcha a’zo davlatlar uchun umumiy va majburiy deb hisoblayotgan bir paytda, Vengriya bu siyosatga alohida yondashmoqda. Viktor Orbanning so‘zlariga ko‘ra, uning hukumati o‘z xalqi xavfsizligini va milliy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.

«Biz o‘z mamlakatimizda kim yashashi va kim emasligini o‘zimiz hal qilamiz. Bryussel bizga qonunlarni majburiy tarzda qabul qilishni aytmoqda, lekin Vengriya o‘z yo‘lini tanlagan», — dedi Orban.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ziddiyat YEI bilan Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada taranglashtirishi mumkin. Shu bilan birga, Orbanning radikal pozitsiyasi Yevropadagi bir qator siyosiy kuchlar uchun namuna sifatida ko‘rilmoqda.

Ayni paytda Vengriya ichki siyosatida Orbanning ushbu qat’iy pozitsiyasi unga keng xalq ommasi qo‘llab-quvvatlashini ta’minlab kelmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, mamlakat aholisining katta qismi hukumatning migratsiya bo‘yicha qatiy siyosatiga rozi.

Yevropa Ittifoqi esa o‘z navbatida, barcha a’zo davlatlar inson huquqlari va xalqaro normalarga rioya etishi shartligini yana bir bor ta’kidlamoqda. Ammo ko‘rinadiki, Bryussel va Budapesht o‘rtasidagi bu tortishuv yaqin vaqtda o‘z yechimini topishi qiyin bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?