date

Yevropa Ittifoqi Gruziyadan Rossiyaga tovar o‘tkazmaslikni talab qildi

Yevropa Ittifoqi Gruziyadan Rossiyaga tovar o‘tkazmaslikni talab qildi

Yevropa Ittifoqi Gruziya hukumatiga Rossiyaga eksporti taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini rasmiy ravishda taqdim etdi va ularni re-eksport qilishning oldini olishni so‘radi.

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivanning maktubi Gruziya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan. Unda aytilishicha, Bryussel avvalroq Gruziya rasmiylariga 50 ta TN VED kodi bo‘yicha Rossiyaga eksporti taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini yuborgan.

“Ushbu ro‘yxatga Rossiya harbiy tizimlarida topilgan, Ukrainadagi jang maydonidan qaytarib olingan yoki ushbu rus harbiy tizimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki ishlatish uchun muhim bo‘lgan ikki tomonlama maqsadli buyumlar hamda ilg‘or texnologiyalar kiradi,” — deyiladi maktubda.

Bryussel Gruziya hukumatini ushbu mahsulotlar Rossiya hududiga tranzit yoki reeksport yo‘li bilan o‘tishining oldini olish uchun qat’iy nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Gruziyadan Rossiyaga tovar o‘tkazmaslikni talab qildi