
Pensiya jamg'armasi matbuot xizmati korrupsiya holatlari bo'yicha murojaatlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, O'zbekiston fuqarolari Pensiya jamg'armasida korrupsiya holatlari bilan duch kelgan taqdirda, ushbu masalalar haqida to'g'ridan-to'g'ri Jamg'arma rahbariyatiga xabar berish imkoniyatiga ega.
Xususan, barcha murojaatlar Pensiya jamg'armasi ijrochi direktori M. Atajonov tomonidan shaxsan ko'rib chiqiladi.
Pensiya jamg'armasi rahbariyatiga murojaat qilish uchun ishonch telefoni orqali 1271 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilish lozim. Shuningdek, Telegram messenjeri orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud.
Buning uchun @pension_antikor Telegram-boti orqali xabar qoldirish kerak. Mazkur tashkilot fuqarolar korrupsiya holatlari haqida ma'lumot berganida, o'z xavfsizligi haqida xavotirlanmasliklari mumkinligini ta'kidladi.
Barcha murojaatlar va murojaatchilarning shaxsiy ma'lumotlari maxfiy saqlanadi. Shuningdek, fuqarolarni korrupsiyaga nisbatan murosasizlik ko'rsatishga va bunday jinoyatlar haqida tegishli organlarga darhol xabar berishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 