date

Monako murabbiyi Pogba haqidagi xabarni izohladi


Monako jamoasi bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida fikr bildirdi. Avvalroq, 32 yoshli fransuz futbolchisi Parijga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv uchun Monako tarkibiga kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Ha, bu ehtimoldan holi emas. U hali oldinda ma'lum bir yuklama bilan mashg'ulot o'tkazishi kerak.

Agar o'zini yaxshi his qilsa, biz rejamizga muvofiq ishni davom ettiramiz", — dedi Pokonyoli Foot Mercato nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba joriy yozda Monako safiga qo‘shilgan bo‘lsa-da, hozircha jamoa uchun debyut qilmagan.

Frantsiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan Monako va Parij o‘rtasidagi uchrashuv 1-noyabr kuni soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Monako murabbiyi Pogba haqidagi xabarni izohladi