
Rovaniemi shahri — Arktika doirasidan 500 km shimolda joylashgan bo‘lib, Qorboboning rasmiy qarorgohi sifatida tanilgan. Aynan shu shaharda havo harorati 30 darajaga yaqinlashib, 15 kunlik issiqlik to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Bu esa Laplandiya uchun mutlaqo noodatiy holat.
Issiqlik faqat Rovaniemi bilan cheklanib qolmadi. Laplandiyaning bir qancha meteostansiyalarida ham rekord darajadagi uzoq davom etgan issiqliklar qayd etildi. Masalan, Ylitornio hududlarida 31.7°C harorat kuzatildi — bu mintaqaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan qariyb 10 darajaga yuqori.
Arktika iqlimi sayyoramizdagi eng tez isiyotgan hududlardan biridir – bu yerda harorat o‘rtacha global ko‘rsatkichdan 4-5 baravar tezroq oshmoqda.
Oulu universiteti huzuridagi Arktika tadqiqotlari kafedrasi rahbari professor Jeff Ueller:
“Bugungi kunda dunyoning har bir nuqtasida iqlim o‘zgarishi o‘zini namoyon qilmoqda — haddan tashqari issiqliklar, yomg‘irlar va tabiiy ofatlar orqali.”
Qorbog‘ va bugungi zamonaviy sinovlar
Issiqlik faqat olimlarni emas, Qorboboning o‘zini ham tashvishga solmoqda. U har kungi an’anaviy qizil va mo‘ynali libosini kiyib yurishga ulgurmaydi — agar kun orasida ko‘chaga chiqsa, 10 daqiqa ichida quyosh urishi xavfi tug‘iladi.
“Faqat kechqurun, salqin tushgach, o‘rmondagi ko‘lga suzishga chiqaman,” – deydi Qorbobo hazil aralash.
Yordamchilari – elflar ham issiqdan himoyalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar olmoqda: har soatda suv ichish, soyada ishlash.
Professor Ueller fikricha, agar issiqlik to‘lqinlari ko‘paysa, kelajakda chorvadorlar katta soyali inshootlar qurishga majbur bo‘ladi.
Turistlar ham hayratda: sovuq izlab – issiqqa tushganlar
Laplandiya sovuq iqlimi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ammo bu yil ko‘plab mehmonlar kelganidan afsusda.
Laplandiyada hozir kunlar 20 soatgacha cho‘zilmoqda, quyosh hatto soat 23:00 dan keyin ham porlaydi. Bu esa kech tushganiga qaramay, issiqlikni uzoq saqlab qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar