date

Afg‘onistondan kelgan qariyb 50 kg giyohvand modda musodara qilindi

Afg‘onistondan kelgan qariyb 50 kg giyohvand modda musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Afg‘onistondan olib o‘tilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi.

«Toshkent–Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Andijon shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi «Chinor» yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Unda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 4 kg 897 gramm “gashish” moddasi aniqlandi. Qidiruv davomida u bu moddani Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu joyni ko‘zdan kechirish vaqtida yana 45 kg 52 gramm “gashish” topildi.

Mazkur moddalar Afg‘onistondan kontrabanda orqali olib kirilgan bo‘lib, O‘zbekiston orqali boshqa davlatlarga tranzit qilib o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistondan kelgan qariyb 50 kg giyohvand modda musodara qilindi