date

Yevropada 5 million yevrolik raqamli firibgarlik to’dasi fosh etildi

Yevropada 5 million yevrolik raqamli firibgarlik to’dasi fosh etildi

Yevropa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari Latviya hududida faoliyat yuritgan yirik raqamli firibgarlik to’dasini qo‘lga oldi. Bu guruh minglab odamlarni aldash orqali kamida 5 million yevroga teng zarar yetkazgani ma’lum qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Latviya politsiyasi Estoniya, Avstriya, Europol va Eurojust bilan hamkorlikda «SIMcartel» deb nomlangan qo‘shma operatsiyani amalga oshirgan. Tergov jarayoni davomida aniqlanishicha, firibgarlar maxsus SIMbox platformasi orqali minglab SIM-kartalarni noqonuniy boshqarib, ular yordamida shaxsni yashirish va soxta akkauntlar yaratish imkoniga ega bo‘lgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu tizim orqali taxminan 50 millionga yaqin onlayn-akkaunt faoliyat yuritgan. Ushbu akkauntlar orqali turli mamlakatlarda bank tizimiga oid firibgarliklar, investitsiya nayranglari hamda boshqa moliyaviy jinoyatlar amalga oshirilgan.

Yevropol xabarida ta’kidlanishicha, jami 3200 dan ziyod shaxs jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan. Zararning katta qismi — taxminan 4,5 million yevro — Avstriya fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Latviyada esa jami 420 ming yevro miqdorida yo‘qotish qayd etilgan.

Bundan tashqari, tergov jarayonida «SIMcartel» guruhi faqat onlayn firibgarlik bilan cheklanmagani, balki migrantlarni noqonuniy olib kirish va shantaj bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarga ham aloqador bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yetti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ular asosan Latviya fuqarolari bo‘lib, ularning aloqa tizimlariga va kompyuter qurilmalariga ekspertiza tayinlangan. Yevropol tergovni kengaytirishni va boshqa davlatlarda ham ushbu to‘daning izini surishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar bu holatni “Yevropadagi so‘nggi yillardagi eng katta raqamli firibgarlik operatsiyalaridan biri” deb baholamoqda. Tergovchilarning fikricha, ushbu guruh faoliyati nafaqat moliyaviy xavf, balki kiberxavfsizlikka ham jiddiy tahdid tug‘diradi.

Europol ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya davom etadi va yangi gumonlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda. Yevropa davlatlari bu holat orqali raqamli xavfsizlikni kuchaytirish zarurligini yana bir bor anglab yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada 5 million yevrolik raqamli firibgarlik to’dasi fosh etildi