
Dubaydagi Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekistondan 700 nafar haydovchini ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Dubaydagi O‘zbekiston konsulligi vakillari kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik va ishga qabul qilish shartlarini muhokama qildi.
Kompaniya rahbari Said Amin Abdulrahmonning ta’kidlashicha, dastlabki bosqichda 200 nafar haydovchi, keyinchalik yana 500 nafar haydovchini ishga olish rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida tomonlar nomzodlarni tanlash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va ishga qabul qilishda qonuniy me’yorlarga rioya qilish masalalarini muhokama qildi.
Konsullik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash uchun maxsus dasturlar, jumladan, til kurslari va transport odob-axloqi bo‘yicha o‘quvlar mavjud. Muzokaralar natijasida tomonlar nomzodlarni tanlash jarayonini boshlashga kelishib oldi.
Dubayda o‘zbek haydovchilari ishga qabul qilinadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar