date

Davlat kam ta'minlangan oilalarga yordam beradi

Davlat kam ta'minlangan oilalarga yordam beradi
O‘zbekistonda davlat kam ta'minlangan oilalarning bolalarini xususiy bog‘chalarda tarbiyalash xarajatlarini qisman qoplab beradi. Yangi kompensatsiya tartibi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi.

Endilikda tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan ota-ona to‘lovining 40% gacha qismi davlat byudjetidan qoplanadi. Imtiyozga ega oilalar ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi.

Kompensatsiya kam ta'minlanganlar ro‘yxatidagi bolalar tarbiyalanayotgan xususiy bog‘chalarga beriladi. Shu bilan birga, mazkur qo‘llab-quvvatlash faqatgina ta’lim muassasasi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan tarbiyalanuvchilarning 15% dan oshmagan qismiga berilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Davlat kam ta'minlangan oilalarga yordam beradi