
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayevning sobiq maslahatchisi Erjan Babakumarov Astana shahrida tanishi bilan yuzaga kelgan mojaro natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Orda.kz nashri politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Tergovga ko‘ra, 56 yoshli Babakumarov va 36 yoshli erkak o‘rtasida kelib chiqqan tortishuv janjalga aylangan va hodisa davomida sobiq amaldor og‘ir jarohatlar olib, halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi ustidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, hozirda u vaqtinchalik hibsxonada saqlanmoqda.
Qasim-Jo‘mart Toqayev 2019 yilda Prezident lavozimini egallaganidan so‘ng, Babakumarov uning maslahatchisi etib tayinlangan edi. Ammo oradan bir necha oy o‘tib, u bu lavozimni tark etdi.
2019 yil aprelidan 2022 yil fevral oyiga qadar u Olmaota shahar hokimining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan va 2022 yil yanvar voqealaridan so‘ng iste’foga chiqqan edi.
Sobiq maslahatchi Astana shahrida o‘ldirildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar