“Urush pallasida haqiqat shu qadar qadrli bo‘ladiki, uni himoya qilish uchun uni yolg‘ondan asrash talab etiladi” - degan edi Uinston.
“Menga rasmli suratni ta’minlang. Urushni men o‘zim sizga kafolatlayman” - degan edi Uilyam Rendolf Xerst.
Urush targ‘iboti xuddi urushning o‘zi kabi qadimiydir. Front orqa tomonini safarbar etish hamda raqib armiyasi ichida tushkunlik kayfiyatini tug‘dirish uchun o‘ziniki “olijanob”ligini , dushman tomon esa “xavf tug‘dirguvchi” ekanligi haqida tasavvur uyg‘otish insoniyat turmush tarzining bir qismi yohud uning uchun oddiy bir me’yorga aylanib ulgurdi.
Biroq zamonaviy aloqa vositalari paydo bo‘lishi bilan, ayniqsa raqamli asrda, urush targ‘iboti o‘z murakkabli va ta’sir kuchiga ko‘ra misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi. Birinchi navbatda bu AQShning xalqaro maydondagi yurish-turishiga taalluqlidir.
1991 yilda internet ommaviyga aylandi. Shundan keyingi o‘n yillik ichida OAVlarining reportyorlikdan faol ishtirokchi roligacha tadrijiy rivojlanishi kuzatildi. U endi shunchaki nizoning juz’iy qismi emas-media-hiyla-nayrang san’ati zamonaviy urushning asosi bo‘lib qoldi.
Sovuq urushdan keyingi amerika OAVlari
Fors qo‘rfasida 1991 yilda bo‘lib o‘tgan birinchi urush AQShning harbiy harakatlarga moyilligi hamda unda OAVlari ishtiroki qo‘llanishi tub burilish yasadi. Deyarli hech kim Jorj Bush ma’muriyatining Saddam Xusaynni Quvaytdan quvish maqsadida bu yurtga bostirib kirishini noqonuniy va haqiqatga zid deb sanamadi. Xuddi shunday rag‘batlantirish ovozi Bil Klinton hukumatining Somaliga (1993), Gaiti (1994), Bosniya (1995) va Kosovaga (1999), shuningdek Jorj Bush –kichigining 11 sentyabrdagi teraktlardan so‘ng Afg‘onistonga (2001) va Iroqqa (2003) bostirib kirayotganda yangrab turdi. Hatto Barak Obamaning Liviyadagi tuzum o‘zgartirishi (2011) ham xuddi o‘sha ssenariy bo‘yicha o‘tdi. Obama 2013 yilning sentyabr oyida Suriyaga hujum qilmoqchi bo‘lgandi, bu davlat hukumati tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanishiga oid taxminiy mulahazalar oldga surilgan. Go‘yoki bu davlatga “yaxshilik qo‘lini cho‘zish” uchun amerika harbiy kuchini qo‘llash kerak. Bu holatlarning har birida davlat nuqtai nazarini OAVlaridagi yorituvi urush bosqichlarini aniqlashdagi etakchi faktorga aylandi.Ushbu nizolarning hech birida Amerika Qo‘shma Shtatlarining, hududiy yaxlitligi, milliy xavfsizligiga putur etmagan, bu davlat mustaqilligi masalasi ko‘ndalang turmaganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu kampaniyalarni “tanlangan urushlar” deb atash mumkin, ya’ni ulardan qochish imkoni ham mavjud bo‘lgan.
Bilimsizlik amerikacha me’yor sanaladi
Amerikaliklar tashqi dunyo haqida yaxshi bilimga ega emaslar, yosh avlod kattalarga qaraganda ancha-muncha nodonroqdir. Shu tariqa, siyosatchilar qaysidir davlat ichki ishlariga aralashish kerak desa, yangiliklarda bu “bo‘xron”ning echilishi sifatida beriladi. Auditoriyaning juda oz qismi aslida nima bo‘layotganini tushunadi. Biron bir davlat ishiga aralashishga sabab paydo bo‘lsa, hukumat va OAVlari buni shunday xalqqa etkazishlari lozimki, hech kim Amerika hammasini to‘g‘ri qilayotganiga shubha qilmasin. Amerikaliklar tashqi dunyoni yaxshi bilishmay, u haqda o‘ylashmaydi ham. Buning yaqqol misolini 2014 yilda Ukraina bo‘hroni avj olgan pallada o‘tkazilgan so‘rovnomadan bilib olish mumkin. So‘ralganlarning oltitasidan faqat bittasigina xaritadan Ukrainani topa olishgan. Ayni damda ular nizo qayerda sodir bo‘layotgani haqida qancha kam bilishsa, shuncha Amerikaning kuch ishlatishini qo‘llab-quvvatlashgan.
Axborot etishmovchiligi bilan bir vaqtda Amerika OAVlari xalqaro yangiliklarni xolis ko‘rsatmasligi ham muammoni yanayam chigallashtiradi. Internetdagi manbaalarning ko‘payishiga qaramay, Amerika jamoasi so‘nggi yangiliklarni televidene, ayniqsa ABC, CBS, NBC, FoxNews, CNN, MSNBC va ularning mahalliy filiallaridan olishadi. Chunki televideneda internetga qaraganda eng xolis ma’lumot beriladi, degan fikr bor. Amerika televidenesidagi yangiliklar dasturida, boshqa davlatlardan farqli o‘laroq xalqaro yangiliklar o‘rin olmaydi(masalan, BBC1, TF1, ARD, ZDF, RaiUno, NHK va boshqalar). Kechki yangiliklarning yarim soati davomida AQShdan tashqaridagi yangiliklar haqida biron bir eslatma yo‘q.
Hukumat manbasiga tayanuvchi “qo‘g‘irchoqbozlik”
Rasmiy OAVlari davlat nazoratida bo‘lmasada, biroq tizimning bir qismi, davlat targ‘ibotchisi sanaladi. Shunga ko‘ra yangiliklarda beriladigan Suriya, Iroq yo boshqa davlatga taalluqli ma’lumot hukumat qo‘g‘irchoqbozlari tomonidan taqdim etiladi. Bu kabi ma’ruzalarda asosiy urg‘u sanksiyalar, harbiy harakatlar, boshqaruvchi hukumatning totalitar tuzumi va shunga o‘xshash tanish ssenariylarga tushadi. Maqsad, xarajat va bu ishning qonuniyligiga oid murakkab masalalar esa kamdan-kam holatlarda yoritiladi. Bu esa AQShning harbiy ishtiroki uchun kerak bo‘lgan o‘ziga xos quroldir.
2015 yil hisobiga ko‘ra, Amerika OAVlarining aksariyat qismi oltita yirik korporasiyalarga tegishlidir. (Comcast, News Corporation, Disney, Viacom, Time Warner va CBS ). Bu internet-OAVlariga ham taalluqli: 20ta axborot saytlarining 80 foizi 100ta yirik media-kompaniyalariga qaraydi. Time Warner eng ko‘p kiriladigan ikki sayt CNN.com i AOL News, a Gannett, ga xo‘jayinlik qiladi. O‘rtacha tomoshabin teledasturlarni ko‘rishga qariiyb 10 soat vaqtini sarflaydi. Garchi ularni turli xil kompaniyalar tayyorlaydigandek ko‘rinsada, aslida ular bitta korporasiyalarga tegishli bo‘ladi.
“Parajurnalistika”, “infoteynment”
OAVlar odamlarga axborot berishdan ko‘ra, ko‘proq ular ko‘nglini xushlovchi vositaga aylanmoqda.
“…past navli shou, uni “parajurnalistika” deb atash mumkin. “Tabloid” formati paydo bo‘ldi. Bu ko‘ngilochar xususiyatiga ega dasturlar emas, aksincha-yangiliklar xususiyatiga ega ko‘ngilxushlar dasturlar. Bezagiga ko‘ra ular yangiliklarni eslatadi: boshlang‘ich titrlar, orqada monitorlar mavjud studiya. Biroq uning mundarijasida jurnalistikadan asar ham yo‘q”. Tabloidning hajmi xalqaro masalalarni keng yoritishga mo‘ljallanmagan, u shunchaki ko‘ngilochar dastur sanaladi. Oqibatda “infoteynment” janri paydo bo‘ldi, tanqidchilarning ta’rificha, odamlar bilishi kerak bo‘lgan emas, balki odamlarni qiziqtira oladigan mavzulardan kelib chiqiladigan dasturlar unga kiradi. Aloqalar bo‘yicha Federal komissiyasi sobiq rahbari Nyuton Minouning aytishicha, bugungi aksariyat yangiliklar dasturlari, bu “deyarli tabloid”dir. PBSning sobiq olib boruvchisi Robert Maknilning fikriga ko‘ra, bugun “janjalli yangiliklar jiddiylarni siqib chiqargan”. Bu kabi OAVlari ommaning yoppasiga nafratlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu harbiy harakatlarni “o‘tkazishda” kerakli vositaga aylandi: Quvayt va Iroqdagi yangi tug‘ilgan chaqaloqli inkubatorlar; Rachak (Kosovo)dagi ommaviy qirg‘inbarot; Markal bozoridagi portlashlar; Omarskdagi konslager va Serebrenisadagi (Bosniya) qirg‘in; zo‘rlash urush quroli sifatida (Bosniya, Liviya); Gute (Suriya)dagi zaharli gaz.
Bloger Juliya Gorinning ta’kidlashicha, qo‘rqinchli, dahshatli voqealar internet-memlarga aylanadi, ular hatto hukumatlar tomonidan quvvatlanadi ham. Gorinning OAVlarining rejalashtirilgan xujumlarni “oqlab” yoritishiga oid kuzatuvlari keyinroq Kosovoda tasdiqlandi. Analitikning fikricha, NATOning 1999 yilgi Serbiyaga hujumi 1998 yildagi AQSh Senatining ma’ruzasida aytib o‘tilgandi. Klinton ma’muriyati taxt turgan: bizga vaj-karson bering bo‘ldi, biz urushni sizga ta’minlaymiz.
“Shu tariqa ma’muriyat nihoyat “serblarning minomet hujumlaridan” so‘ng Bosniya ishiga aralashishga qaror qildi. Biroq keyin ham 1999 yildagi Rachak qirg‘ini detallari oxirigacha ochilmadi. Siyosatchilar va OAVlari o‘ziga xos realiti-shou tayyorlashda birlashishganga o‘xshaydi. “Klintonning Kosova haqida haqiqatlarni oshkor etmaganligi yana bir muhim omilga bog‘liqdir. O‘ylab ko‘ring: prezident ma’shuqa bilan bog‘liq janjalga aralashib qolgan. Xalq fikrini o‘zidan boshqa tomonga olib o‘tishning yagona yo‘li harbiy avantyuradir. Shu tariqa u o‘zining media-maslahatchilariga bu borada ishlashni buyuradi. Ular turli variantlarni ko‘rib chiqishadi, “bir nechta nuqtalar bosiladi” va mana sizga kerakli variant: Albaniya.
Muallif: Djeyms Djordj Djatras
Tarjimon Shahribonu Nozilova
Manba:Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi