date

Usik endi mutlaq chempion emas


Ukrainalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Usik endi mutlaq jahon chempioni maqomiga ega emas. Sportchi o‘z ixtiyori bilan WBO kamaridan voz kechdi.

Bu haqda Rasman Jahon boks tashkiloti (WBO) xabar berdi. WBO bayonotida aytilishicha, Usik vaziyatni chuqur o‘rganib chiqqan va ushbu kamarni qaytarish qarorini qabul qilgan.

Ushbu qarorning aniq sabablari oshkor etilmagan. 37 yoshli Usik ushbu kamarni yo‘qotganiga qaramay, WBA, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionligi unvonlarini saqlab qolmoqda.

Bu kamarlar unga 2024 yilning yozida "Uembli" stadionida o‘tgan jangda Deniel Dyubua ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nasib etgan edi. O‘sha jangdan keyin Usik ikkinchi bor mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi.

Aleksandr Usik WBO kamarini 2021 yilning sentabr oyida Londonda Entoni Joshua ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritgan edi. U uch yil davomida ushbu kamarni besh marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2024 yilning may oyida esa Usik Tayson Fyurini mag‘lub etib, super og‘ir vazn toifasidagi barcha asosiy chempionlik kamarlarini jamlagan edi. Shu yilning iyun oyida u IBF kamaridan ham voz kechib, majburiy himoyadan bosh tortgan edi.

Formal jihatdan u IBF kamarining vaqtinchalik sohibi sifatida qolgan, ammo to‘liq maqomni yo‘qotgan. Endi WBO kamaridan ham voz kechganidan so‘ng, Usik mutlaq chempion unvonidan ayrildi.

WBO ma’lumotiga ko‘ra, Usikka britaniyalik Fabio Uordli bilan jang tayinlangan, ammo Usik tashkilot talabini bajarishdan bosh tortgan. Shu sababli WBO kamar avtomatik ravishda mag‘lubiyatsiz britaniyalik bokschiga o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Usik endi mutlaq chempion emas