date

Turkiya maktablarda 'Turkiston' atamasini joriy qildi


2025-yil 20-noyabr kuni Turkiya Milliy ta'lim vazirligi maktab dasturiga 'Turkiston' tushunchasini kiritib, uni 'Markaziy Osiyo' atamasi o'rniga ishlatishni boshladi. Bu haqda Turkish Minute xabar berdi.

Vazirlik rahbari Yusuf Tekin bu o'zgarish turkiy dunyo o'rtasidagi birlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Turkiya ta'lim tizimidan imperiyaviy mazmun kasb etgan geografik atamalar chiqarib tashlanmoqda.

Turkish Minute'ning qayd etishicha, 'Turkiston' atamasi tarixda Rossiya, Xitoy va hozirgi Markaziy Osiyo respublikalari chegaralari shakllanishidan avval turkiyzabon xalqlar yashagan hududlarni ifodalash uchun ishlatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya maktablarda 'Turkiston' atamasini joriy qildi