
Braziliyaning Belen shahrida bo‘lib o‘tgan Cop30 iqlim anjumanida rivojlanayotgan davlatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yakuniy hujjatda Yevropa Ittifoqi ilgari surgan qazilma yoqilg‘idan voz kechish haqidagi band o‘z aksini topmadi.
Kelishuv matniga ko‘ra, iqlim bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish uchun ixtiyoriy tashabbus ishga tushiriladi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar 2035-yilgacha iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun ajratiladigan mablag‘larni kamida uch baravar oshirishga chaqirildi.
Hujjatda xalqaro savdo mexanizmlarini iqlim maqsadlariga muvofiqlashtirish uchun qayta ko‘rib chiqish rejasi ham mavjud. Rivojlanayotgan davlatlar dengiz sathining ko‘tarilishi, haddan tashqari yuqori harorat, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari kabi xavflar ortgani sababli moliyaviy yordamni oshirishni talab qilmoqda.
Qazilma yoqilg‘idan voz kechish masalasi bo‘yicha kelishmovchiliklar oxirigacha saqlanib qoldi. Saudiy Arabistoni kabi Arab davlatlari guruhi qarshiligi tufayli bu masala Braziliya tomonidan taklif qilingan alohida qo‘shimcha hujjatda keltirildi.
AQSh sammitga rasmiy delegatsiya yubormagan bo‘lsa-da, konferensiya ishtirokchilari iqlim masalalarida birdamlikni saqlashga intilishlarini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.