Kurtua Xabi Alonsoga minnatdorlik so‘zlarini yo‘lladi

Xabi Alonso endi “Real” bosh murabbiyi emas. Dushanba kuni madridliklar mutaxassis bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashganini rasman e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua ham bu voqeaga munosabat bildirib, Alonsoga murojaat qildi: “Hammasi uchun rahmat, Xabi Alonso. Siz bilan ishlash yoqimli bo‘ldi. Kelajakda sizga eng yaxshi tilaklarni bildiraman — bunga munosibsiz emas”, — deb yozdi u.
“Real” Alonsodan Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan bir kun o‘tib ajraldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real”ning yangi bosh murabbiyi etib Alvaro Arbeloa tayinlangan. “Qirollik klubi” La Liga jadvalida hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda.






























Izohlar 0
…