date

«Real» futbolchilari Alonso ketganini yangiliklardan bilishdi...

«Real» futbolchilari Alonso ketganini yangiliklardan bilishdi...

Madridning «Real» klubi futbolchilari uchun Xabi Alonsoning iste’fosi kutilmagan voqea bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassisning jamoani tark etgani haqidagi xabar “qaymoqranglilar”ning o‘zlari uchun ham haqiqiy syurprizga aylandi. Avvalroq klub rahbariyati va bosh murabbiy o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatgani rasman e’lon qilingan edi.

Bu qaror Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi dramatik bahsda (2:3) mag‘lubiyatdan so‘ng qabul qilindi. Biroq jamoa ichidagi muhit bu kabi keskin o‘zgarishdan darak bermagan. Marca nashri ma’lum qilishicha, ayrim futbolchilar Alonsoning ketganini faqat klubning rasmiy bayonoti orqali bilishgan.

Kiyinish xonasida ham, finaldan keyin jamoa uyga qaytayotgan samolyotda ham vaziyat tinch va xotirjam bo‘lgan. O‘yinchilar mavsum o‘rtasida bunday qaror qabul qilinishi mumkinligini xayoliga ham keltirishmagan. Ayniqsa, «Barselona»ga minimal farq bilan yutqazilgani jamoada jiddiy xavotir uyg‘otmagan edi.

Superkubokdan keyin futbolchilar loyiha davom etishiga ishongan. Qolaversa, taqdirlash marosimida klub prezidenti Florentino Peresning Xabi Alonso bilan quchoqlashib ko‘rishgani murabbiyga to‘liq ishonch bor, degan fikrni yanada kuchaytirgan.

Shu sababli, Alonsoning ketishi jamoa uchun haqiqiy shok bo‘ldi. Ayrim o‘yinchilar shaxsiy suhbatlarda bu xabarni oldindan hech qanday ogohlantirishsiz, to‘satdan bilishganini tan olgan. Qizig‘i shundaki, ularning aytishicha, oxirgi haftalarda murabbiy va jamoa o‘rtasidagi munosabatlar aksincha yaxshilanib borayotgan edi.

Qisqasi, «Real» kiyinish xonasida bu qaror hali uzoq muhokama qilinishi aniq. Futbolda esa, afsuski, ba’zan yangiliklar eng tez zarba beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» futbolchilari Alonso ketganini yangiliklardan bilishdi...