
O‘zbekiston Indoneziya, Tailand va Shri-Lanka davlatlariga kuchli suv toshqinlari sababli yetkazilgan talofotlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qilamiz va jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz", deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
2 dekabr holatiga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Vaziyat Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan nazoratga olingan.
Zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston fuqarolari yordam uchun aloqaga chiqishlari mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, kuchli musson yomg‘irlari Indoneziya, Shri-Lanka va Tailandda suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatida 1,2 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, yana 800 kishi bedarak yo‘qolgan. Indoneziyada yo‘llar va ko‘priklar buzilgan, qutqaruvchilar odamlarni evakuatsiya qilish uchun vertolyot va qayiqdan foydalanmoqda, biroq ob-havo sharoiti qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.
Shri-Lankada yuzlab odamlar izolyatsiyada qolmoqda, Tailandda esa tiklash ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.