
5 dekabr 2025 yil, Italiya Kubogi 1/8 final bosqichida Rimning "Latsio" jamoasi "Milan"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol 84-daqiqada burchak zarbasidan so'ng kiritildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida har ikki jamoa ehtiyotkor o'yin namoyish etdi. "Latsio" chap qanot orqali hujumlar uyushtirsa, "Milan" markaz orqali to'pni ko'proq nazorat qilishga harakat qildi.
Mehmonlar himoyachilari Isaksen va Kastelanosni qattiq nazoratda ushlab turdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida "Latsio" bosimni kuchaytirdi.
Bashich va Dzakkan'yi uzoqdan zarba yo‘llashga urindi, ammo "Milan" darvozaboni Menyan to'plarni ishonchli ushladi. "Milan" esa Estupinyan va Rabyo orqali xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi, lekin Loftus-Chik va Leau o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘limda o‘yin deyarli o‘zgarishsiz davom etdi. "Milan" to‘pni nazorat qilishda davom etdi, ammo hujumlarda samaradorlik kam edi.
Shu bilan birga, "Latsio" asta-sekin mehmonlar jarima maydoni tomon o'yinni ko'chira boshladi. Sarrining zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilari qanotlardan bosimni oshirdi.
84-daqiqada "Latsio" burchak zarbasini amalga oshirdi. Tavaresh to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, Dzakkan'yi esa himoyachilardan oson qutilib, bosh bilan to‘pni pastki o‘ng burchakka joyladi.
Bu zarbadan so‘ng Menyan vaziyatni qutqara olmadi. "Milan" javob hujumlarini boshladi, ammo jiddiy xavfli vaziyatlar yarata olmadi.
Qo'shimcha vaqtda Modrich va Pulishich qanotlardan uzatmalar orqali o'yinni kuchaytirishga harakat qildi. Biroq, "Latsio" himoyasi o'z tartibini saqlab qoldi va "Milan"ga hisobni tenglashtirishga imkon bermadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.