
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Berlinda birinchi savdo uyining ochilganini e’lon qildi. U UZ Trade House Germany deb nomlanadi.
Mazkur markaz Savdo-sanoat palatasining Germaniyadagi vakolatxonasi vazifasini ham bajaradi. U Berlin markazida, Adlon mehmonxonasi binosida joylashgan.
Bu yerda doimiy asosda tekstil mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va elektrotexnika buyumlari namoyish etiladi. Savdo uyi direktori Jonni Bakosning ta’kidlashicha, UZ Trade House Germany brendni targ‘ib qilish, ya’ni “Made in Uzbekistan” tamg‘asini ommalashtirish maqsadiga xizmat qiladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,8 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichdan Germaniya ulushi 854,4 million dollarni tashkil qilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.