Ispaniyada ikki tezyurar poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyaning Kordova provinsiyasida 18 yanvar kuni ikki tezyurar poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Malaga shahridan Madridga yo‘l olgan Iryo kompaniyasiga tegishli poyezd relsdan chiqib, Ispaniya poytaxtidan Uelvaga ketayotgan boshqa temiryo‘l tarkibi bilan urilgan. Zarba ortidan ikkinchi poyezd yo‘l chetidagi qiyalikdan pastga sirg‘alib tushgan.
Andalusiya mintaqaviy hukumat rahbari Xuanma Moreno 75 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilganini, ulardan 15 nafari og‘ir ahvolda ekanini bildirdi. U qurbonlar soni ortishi mumkinligini ham aytib, halok bo‘lganlar jasadlarini chiqarish uchun og‘ir texnika zarurligini ta’kidladi.
El Pais nashrining yozishicha, voqea joyiga yaqin vaqt ichida ispan harbiylari ham yetib boradi. Ispaniya transport vaziri Oskar Puente esa avariya sodir bo‘lgan temiryo‘l qismi o‘tgan yil bahorida ta’mirlangani va texnik holati yaxshi bo‘lganini aytib, hodisani «nihoyatda g‘alati» deb atadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!