Oskar Uayld qamalgan qamoqxona rassomlar uchun boshpanaga aylantiriladi

Angliyaning Reding shahridagi sobiq qamoqxona Ziran Educational Foundation fondi tomonidan sotib olindi, deb yozadi Weekend. Mazkur binoda 1895–1897 yillarda yozuvchi Oskar Uayld jazo muddatini o‘tagan.
Yangi loyiha ta’qib va bosimga uchrayotgan ijodkorlar uchun xavfsiz makon bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Fond vakillari bu yerda san’at markazi hamda butik-mehmonxona ochmoqchi.
Bu yoz fond rekonstruksiya bo‘yicha konsepsiyani taqdim etadi: qayta qurish jarayonida kameralar ko‘rgazma zallari va studiyalarga aylantiriladi. Arxitektorlar viktorian davriga xos qamoqxona qiyofasini asrab, uning og‘ir tarixini zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishni va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uayldning ikki yillik qamoqdagi hayoti uning mashhur «Reding qamoqxonasi balladasi» asariga ilhom bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!