Xitoyda tug‘ilish inqirozi: rekord past ko‘rsatkich qayd etildi

Xitoyda 2025-yilda tug‘ilish darajasi rekord past ko‘rsatkichga tushdi. Bu yil har 1 000 kishiga 5,63 nafar bola tug‘ildi. Shu bilan birga, o‘lim darajasi ham oshib, har 1 000 kishiga 8,04 nafar o‘lim qayd etildi. Natijada, Xitoy aholisi 3,39 millionga kamayib, 1,4 milliard kishiga yetdi.
Hukumat aholi kamayishini to‘xtatish uchun turli rag‘batlar berib kelmoqda. 2016-yilda “bir bola” siyosati bekor qilinib, avval ikki, keyin esa uch bolagacha ruxsat berildi. So‘nggi yillarda esa 3 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun ota-onaga pul berish va ba’zi hududlarda qo‘shimcha bonuslar joriy etildi.
Biroq, yosh oilalar bolani tarbiyalash narxi yuqori bo‘lgani va hayotini xavotirsiz o‘tkazishni istashi sababli ko‘pchilik farzand ko‘rishni kechiktirmoqda. Shu bois tug‘ilish darajasi ko‘tarilmayapti. Mutaxassislar Xitoyda farzand ko‘rish bo‘yicha qarorlar ko‘proq ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga bog‘liqligini ta’kidlamoqda.
Aholi kamayishi mamlakat iqtisodiga ham ta’sir qilishi mumkin. Ishchi kuchi qisqarishi, iste’molchilarning soni kamayishi va pensiya tizimiga bosim oshishi ehtimoli bor. Shu sababli hukumat aholi siyosatini kuchaytirish va yoshlarni oilaviy hayotga rag‘batlantirish choralarini davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!