date

Toshkentda soxta kosmetolog sertifikatsiz biogel yuborib, mijozni mayib qildi

Toshkentda soxta kosmetolog sertifikatsiz biogel yuborib, mijozni mayib qildi

Mirоbоd tuman sudida tibbiy ma'lumoti va litsenziyasi bo'lmagan holda kosmetologik muolajalar o'tkazib, mijozning sog'lig'iga zarar yetkazgan ayolga hukm o'qildi. U jabrlanuvchining ko'kragi va dumba qismiga sertifikatsiz biogel yuborgani oqibatida ayol tanasida og'ir asoratlar yuzaga kelgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Tergov ma'lumotiga ko'ra, 2025 yil 5 mart kuni u 24 yoshli poytaxtlik qizni o'zini tajribali mutaxassis sifatida ko'rsatib, ko'krak va dumba shaklini xavfsiz o'zgartirib bera olishiga ishontirgan. Ishonchdan foydalanib, u Maxy Fill nomli sertifikatsiz biogeldan foydalangan va xizmat evaziga 1,2 ming dollar olgan.

Muolajadan ko'p o'tmay jabrlanuvchida jiddiy asoratlar kuzatilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida qiz sog'lig'iga o'rtacha og'irlikdagi shikast yetkazilgani qayd etildi: ko'krak sohasida og'riqli infiltratlar (qotishlar) paydo bo'lgan, dumba qismida esa chuqur operatsiyadan keyingi chandiqlar qolgan.

Mutaxassislar jarohatlanish sabablarini antisanitariya sharoiti, inyeksiya texnikasining buzilgani va organizm uchun xavfli tarkib qo'llangani bilan izohladi.

Sud ayolni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi (firibgarlik) hamda 186-moddasi 2-qismi "g" bandi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko'rsatish) bo'yicha aybdor deb topdi. Og'irlashtiruvchi holat sifatida u ilgari ham shunga o'xshash holatlar uchun sudlangan, xavfli retsidivist ekani ko'rsatildi. Natijada unga 150 million so'm jarima tayinlanib, 3 yil muddatga tibbiy kosmetologiya sohasida har qanday faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda soxta kosmetolog sertifikatsiz biogel yuborib, mijozni mayib qildi