Oʻzbekistonda propan narxi oshishi ortidan ayrim kompaniyalarga ish ochildi

Oʻzbekiston Raqobat qoʻmitasi propan narxining asossiz oshirilgani yuzasidan ayrim kompaniyalarga nisbatan ish qoʻzgʻatdi. Idora maʼlumotiga koʻra, 2025 yil noyabr–dekabr oylarida bozor ishtirokchilari metan bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar fonida narxlarni ko‘tarmaslik haqida ogohlantirilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Shunga qaramay, bir qator kompaniyalarda narxni sunʼiy ravishda boshqarish hamda o‘zaro kelishilgan harakatlar alomatlari aniqlangan. Qoʻmita buni halol raqobat tamoyillariga zid holat sifatida baholab, tegishli tekshiruvlarni boshlagan va ishlarni rasmiylashtirgan.
Qoʻshimcha ravishda, birjada propan narxlarini barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qoʻmita qayd etishicha, savdo ishtirokchilariga gazni birja savdolariga to‘liq hajmda va bir maromda chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!