Yildiz va Devid «Yuventus»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Dushanba oqshomida A Seriya doirasida «Yuventus» Turinda «Kremoneze»ni qabul qiladi. Mezbonlar bosh murabbiyi Luchano Spalletti uchrashuvni asosiy tarkib bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qari sinyora»ning ilk daqiqalardanoq maydonga tushadigan futbolchilari: Di Gregorio, Kalyulyu, Bremer, Kelli, Kambyaso, Lokatelli, Tyuram, Makkenni, Miretti, Yildiz, Devid.
«Yuventus» – «Kremoneze» bahsi 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yindagi voqealar rivojini Turindan matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
Hozirda «Yuventus» Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.






























Izohlar 0
…