2001 yilda terroristik hujumlarni aybdorlari yashiringan Afg‘oniston hududida AQSh boshchiligidagi ISAF xalqaro tinchlikparvar kuchlari harbiy operasiyalarni boshlagan edi. Biroq oradan 17 yil o‘tgan bo‘lsada ularning faoliyati natijasida biror bir yutuqqa erishilmadi. Afg‘onistonda hukumat faqatgina poytaxt Qobul va bir nechta yirik shaharlar ustidangina nazoratni o‘rnata oldi.
AQSh 2014 yilda Afg‘oniyatondagi missiyasini tugatish va o‘z harbiylarini ushbu mamlakat hududidan olib chiqishni boshlagan edi. Kam sonli amerikalik harbiy xizmatchilar Afg‘oniston armiyasi va polisiyasini o‘qitish, ularga harbiy mashg‘ulotlar o‘tish maqsadidagina qoldirilgan edi.
Bundan tashqari, “Academi” xususiy harbiy kompaniyasini urushga jalb qilish orqali davlat byudjeti mablag‘larini tejashga qaror qilgan AQSh hukumati afg‘on zaminidagi urushni xususiylashtirishga urinib ko‘rmoqda.
Biroq bu bilan Afg‘onistondagi vaziyat o‘nglanarmikan? Afg‘on zaminidagi vaziyat tashqi kuchlar aralashuvi bilan yarim asrdan buyon keskinligicha qolmoqda. Doimiy urushlar aholini tinch yashash nima ekanligini unutishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda qurol bilan yotib qurol bilan yuradigan, o‘q ovozi eshitilmasa “Tinchlikmikan?” deb havotilanuvchi avlod vujudga keldi.
AQSh uchun Afg‘oniston misoli bosib olingan er: qurollarning yangi turlarini sinash maydoni.
AQSh Afg‘oniston masalasida o‘ylagan niyatiga erishmadi, uning maqsadi Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron biqinida kuchli tayanch hududga ega bo‘lish edi.
AQSh hukumati Afg‘oniston hududi terrorizm o‘chog‘i bo‘lishi mumkinligi va amerikaliklarning mintaqada bo‘lishi holatni barqaror ushlab turishiga jahon hamjamiyatini ishontirmoqda. Aslida esa, barcha birinchi raqamli terrorchilar, IShIDning Suriya va Iroqdan quvilgan guruhlari Afg‘oniston hududida jon saqlamoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, AQSh muammoning echimini istab emas, uni nazoratda ushlash va istalgan paytda undan qurol sifatida foydalanish uchun vaziyat tizginini ushlab turibdi. Shundan ko‘rinib turibdiki, AQSh hukumatini afg‘on xalqining qismati qiziqtirmaydi, u o‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan toymasligi mumkin, degan fikrlar mavjud.
Xulosa qilib aytganda, Afg‘onistonda tinchlik tashqi kuchlarning harbiy ishtirokisiz, uning iqtisodi, ijtimoiy taraqqiyotiga sarmoya kiritish orqali o‘rnatilishi mumkin.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi