date

«Liverpul» Jota oilasiga shartnoma mablag‘larini to‘liq to‘ladi

«Liverpul» Jota oilasiga shartnoma mablag‘larini to‘liq to‘ladi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Diogu Jotaning vafotidan so‘ng klub rahbariyatining ko‘rsatgan yuksak insoniy qadamini e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa hujumchining oilasiga shartnomada ko‘zda tutilgan barcha mablag‘larni to‘liq to‘lab berdi.

Ma’lumki, portugaliyalik hujumchi Diogu Jota joriy yilning 3 iyul kuni yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan edi. Uning o‘limi butun futbol olamda katta qayg‘uga sabab bo‘lgan, ayniqsa «mersisaydliklar»ning muxlislari uning xotirasiga hurmat ko‘rsatgan edi.

Arne Slot o‘z fikrlarida:

«Avval ham muxlislarimizning reaksiyasi bilan faxrlanishimni aytgandim. Ammo ko‘pincha tanqid ostida qoladigan klub egalari bu safar haqiqiy insoniy yuzini ko‘rsatdi. Jotaning vafotidan keyin ular xotini va farzandlariga shartnoma bo‘yicha barcha mablag‘larni to‘lab berishdi. Bu futbol olamida kamdan kam uchraydigan holat va alohida maqtovga loyiq», — deb ta’kidladi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyatning bu qadami nafaqat jamoa, balki butun futbol jamoatchiligi uchun ibrat bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Liverpul» Jota oilasiga shartnoma mablag‘larini to‘liq to‘ladi