Ertaga Elit OCHLning navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Uchrashuvdan avval mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchi Sherzod Nasrullayev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Al Hilol" bilan o‘yinlar doim qiziqarli o‘tgan. O‘ylaymanki, ertaga stadionimizda ajoyib muhit bo‘ladi. Bu jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatishga va muxlislarimizga kutilgan natijani sovg‘a qilishga bor mahoratimizni ishga solamiz. Bu qanchalik og‘ir bo‘lmasin yigitlarda tayyorgarlik yaxshi, ishtiyoqi bor. Xohish va ishtiyoq bo‘lgan joyda natija ham yaxshi bo‘lishi kerak", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
"Ertangi o‘yinga jamoamiz tayyor. Maksimal g‘alaba qozonishga va muxlislarimizning ishonchini oqlashga harakat qilamiz", - deydi Sherzod Nasrullayev.
- Ertangi o‘yinda omad tilaymiz. Siz raqibni yaxshi o‘rganadigan murabbiylardansiz. Bundan xabarimiz bor. "Al Hilol"ning zaif tomonlarini ham topdingizmi?
- Albatta. Har bir o‘yindan oldin raqibni o‘rganishga harakat qilamiz. "Al Hilol" jamoasiga ta’rif berish shart emas. O‘z siyosati, maqsadi, transferlari bilan butun dunyoga tanilgan. Har bir jamoaning kuchli va kuchsiz taraflari bo‘ladi. Raqibning oxirgi o‘yinlarini ko‘rib yigitlarga bu borada ma’lumotlarni yetkazdik. Individual kuchli futbolchilarga ega jamoa, lekin ularda ham ba’zi bir muammolar bor. Buni futbolchilarga tushuntirganmiz. Raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishimiz talab etiladi.
- "Al Hilol"ning penalti ishlash, standart vaziyatlardagi samaradorligini qanday baholaysiz? Bunga qarshi jamoa qanday chora ko‘ra oladi?
- Standart vaziyat futbolda juda muhim. "Al Hilol"da standart vaziyatlardan ham ko‘ra qarshi hujumlari xavfli. "Al Ahli" bilan o‘yinni ko‘rib chiqdik. Jamoa qarshi hujumda 3 ta to‘p kiritdi. Standart vaziyatlarda ham yaxshi ijrochilari bor. Biz har bir futbolchini, bo‘ydor o‘yinchilarini o‘rganib chiqdik. Ularga qarshi to‘g‘ri o‘ynash talab etiladi.
- "Al Hilol" safida Al Dovsari, Darvin Nunez kabi futbolchilar kelmasligi haqida gap chiqdi. "Nasaf"ning tarkibi bu borada to‘liqmi? Yo‘qotishlar yo‘qmi?
- "Al Hilol" jamoasi tarkibi juda keng, yo‘qotishlar o‘rnini bilintirmaydiganlar bor. Individual kuchli futbolchilarga qarshi tayyorlanyapmiz. Bizda ham yo‘qotishlar bor. Lekin hammasini aytmoqchi emasman. Bu haqida o‘ylayotganimiz yo‘q, tarkibimizda futbolchilar bor.
- Sherzod Nasrullayevga savol. "Nasaf" tarkibida terma jamoa futbolchilari bor. Ertaga tajribali futbolchilarga qarshi tayyormisizlar? Ishtiyoq qanday?
- Albatta. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir futbolchi g‘alaba uchun maydonga chiqadi. Hamma bor kuchini berishga harakat qiladi. Bizda qo‘rquv yo‘q, chunki O‘zbekiston ham ularning darajasiga chiqib bo‘lgan. Jamoamiz tayyor.
- "Nasaf" jamoasi ertaga qanday taktikada o‘ynaydi? Raqib hujumlarini bartaraf etishga bu taktika yordam beradimi?
- Hamma sirlarni ochib tashladingiz (kuladi). Ertaga taktika bitta, yuqori ishtiyoq va o‘yinni tartibli tashkil qilish. Bunga amal qilsak hammasi yaxshi kechadi.
- Muxlislar yevropacha o‘yin kutmoqda. Ertaga sifat muhimmi yoki natija?
Sherzod Nasrullayev:- Biz uchun natija muhim.
- Abduvohid Ne’matovning ruhiyati qanday? "Al Ahli" bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida nimalar dedingiz?
- Abduvohidni so‘ksangiz ham, ursangiz ham ta’sir qilmaydi. U zo‘r yigit. Ruhiyati kuchli yigit. O‘ylaymanki, Abduvohid ham, jamoa ham avvalgi xatoni takrorlamasligi kerak. "Al Hilol" kuchli raqib, bunday o‘yinlarda xatolar kechirilmaydi. Abduvohid o‘yinga tayyor.
- Siz jamoangizda qaysi futbolchini ko‘proq yaxshi ko‘rasiz?
- Butun jamoani yaxshi ko‘raman, biz bir oilamiz. Shu paytgacha 100, 120 talab futbolchi chiqib ketgan. Ularga bir xilda e’tiborda bo‘lganman va har biri men uchun qadrli.
- Sherzod Nasrullayevga savolim. Pozitsiyangizdagi qo‘riqlaydigan futbolchini bilasizmi?
- Malkomga qarshi maydonga chiqamiz. Uni qo‘riqlashga harakat qilamiz.
- "Al Hilol"ning sovrindorligi va "Nasaf"ga nisbatan boyroq klub ekanligi, natijalari ruhiy holatga ta’sir qilmayaptimi?
- Raqibning kimligini barchamiz tushunamiz. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham ular isbotlashdi. Bu bilan muammo bo‘lmaydi. Ertaga natijani o‘ylamasdan borini berib kurashishi kerak. Jamoa kurashmasa muxlislarga hurmatsizlik bo‘ladi. Ertaga kurashsak, borimizni bersak har qanday natijadan muxlislar mamnun bo‘ladi. "Al Hilol"ning salohiyatidan, familiyasidan qo‘rqish kerak emas, borimizni berishimiz lozim.
- "Nasaf" "Al Ahli"ga qarshi 64-daqiqaga qadar 2:0 hisobida oldinda edi. Cheran maydonga tushgach ko‘p o‘tmay hisob tenglashdi. 84-daqiqada Otubanjo maydonga tushgach hisob 2:4 bo‘ldi. "Al Ahli" bilan o‘yinda natijaga sizning ta’siringiz qanchalik bo‘ldi? G‘alaba qozonib turgan jamoa strategiyasi nazoratingizda edi. Lekin 2 ta legioner tushgach o‘yin o‘zgardi...
- Savolingiz ham, fikringiz ham noto‘g‘ri. Umuman qo‘shilmayman. Cheranni hujum chizig‘ida chiqqaniga Abduvohidning xatosiga nima aloqasi bor? Himoyachilarning xato qilganiga hujumchining nima aloqasi bor? Savolingizga javob ham bermoqchi emasman. Jamoam yutqazdi. Yutgan o‘yinlarimizda nima uchun Cheran yoki Otubanjoni m
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!