BMTning Eronga qo‘ygan sanksiyalari yana kuchga kirdi. Ular 2015-yilda bekor qilingan edi. Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Eronga yadro dasturi bo‘yicha shartlarga amal qilmagani uchun choralarni qayta joriy etdi.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bu qarorni noto‘g‘ri va adolatsiz deb baholadi. Unga ko‘ra, Eron qurol emas, faqat energiya ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.
Ammo G‘arb davlatlari Eronga ishonmayapti. Ular mamlakat nazoratga yo‘l qo‘ymayotganini va uran zaxiralari haqida to‘liq ma’lumot bermayotganini ta’kidladi.
Yevropa davlatlari muhokama qilish imkoniyati hanuz borligini bildirdi. Isroil esa sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlab, xalqaro hamjamiyatni qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar