Angliya Premer-ligasining 6-turida Mikel Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" safarda "Nyukasl Yunayted" bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab, bellashuvning 34-daqiqasida Nik Voltemade Rayya darvozasini ishg‘ol qlib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Mikel Merino hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisi o‘tib borayotganda Gabriel Magalyayns burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan zarba yo‘llab, gol urdi.
Bu orqali "kanonirlar" kambek amalga oshirib, muhim uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. London klubi ochkolarini 13 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Nyukasl» esa 6 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.
APL. 6-tur
Nyukasl — Arsenal 1:2
28 sentyabr, «Sent Jeyms Park»
Gollar: Voltemade (34) — Merino (84), Gabriel (90+6).
Nyukasl — Poup, Livramento (Lasseles, 77), Tiau, Botman, Bern, Gimaraes, Tonali, Joelinton (Barns, 90+4), Merfi (Elanga, 67), Gordon (Trippiyer, 67), Voltemade (Osula, 67).
Arsenal — Rayya, Timber, Moskera (Saliba, 46), Gabriel, Kalafiori (Merino, 70), Eze, Subimendi (Edegor, 82), Rays, Saka (Martinelli, 70), Trossar (Lyuis-Skelli, 88), Gokeresh.
Ogohlantirishlar: Kalafiori (56), Joelinton (83), Bern (88).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!