date

Michiganda cherkovdagi otishmada bir nechta odam yarador bo‘ldi

Michiganda cherkovdagi otishmada bir nechta odam yarador bo‘ldi

AQSHning Michigan shtatida joylashgan cherkovda sodir bo‘lgan qurolli hodisa jamoatchilikni chuqur tashvishga soldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida kamida olti nafar kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda Grand-Blan shaharchasi politsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa joyida yong‘in ham kelib chiqqan. Cherkovning katta qismi olov ichida qolgani aytilmoqda. Qutqaruv xizmatlari va yong‘in o‘chiruvchilar voqea joyiga yetkazilgan bo‘lib, yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t ochgan shaxs maxsus amaliyot paytida huquq-tartibot organlari tomonidan zararsizlantirilgan. Ammo politsiya hozircha uning shaxsiyati va bunday og‘ir jinoyatga qo‘l urish sabablarini oshkor etmayapti.

Qizig‘i shundaki, mazkur otishma AQSHdagi Oxirgi kunlar Avliyolari Iso Masih Cherkovining eng keksa rahbari, 101 yoshida vafot etgan prezident Rassel Nelsonning o‘limi haqidagi xabardan atigi bir kun o‘tib yuz berdi. Bu holat jamoatchilik orasida turli mulohazalarga sabab bo‘lmoqda.

Hozirda politsiya xodimlari va federal idoralar voqea bo‘yicha keng ko‘lamli tergov ishlarini olib bormoqda. Cherkov jamoasi esa jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun maxsus xayriya tadbirlarini yo‘lga qo‘yishni boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Michiganda cherkovdagi otishmada bir nechta odam yarador bo‘ldi