date

Xavi “Al Ittihod” klubi bilan Saudiyada ish boshlashi mumkin

Xavi “Al Ittihod” klubi bilan Saudiyada ish boshlashi mumkin

Ispaniya futbolida o‘z nomini katta harflar bilan yozib qo‘ygan Xavi Ernandes endi faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin. Ayni paytda uning nomi Saudiya Arabistonining mashhur jamoasi — «Al Ittihod» bosh murabbiyligiga asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Jidda klubi rahbariyati Xavi bilan muzokaralarni boshlab yuborgani haqida ishonchli manbalar xabar tarqatmoqda. Ammo ularning short-listida yana bir necha murabbiylar nomzodi ham mavjud bo‘lib, «Al Ittihod» bu ishga jiddiy yondoshayotganini ko‘rsatib turibdi.

Eslatib o‘tish joiz, Saudiya Arabistoni chempionatidagi yirik jamoalardan biri bo‘lgan «Al Ittihod» yaqinda «An Nasr»ga qarshi bahsda (0:2) mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng fransiyalik mutaxassis Loran Blan bilan xayrlashgan edi. Bu qaror klubda yangi bosqich boshlanishiga ishora qildi.

45 yoshli Xavi so‘nggi marta «Barselona»da ishlagan va 2024-yil yoz oyida Kataloniya klubini tark etgandi. Shundan so‘ng u ikki bor Germaniyaning «Bayer» klubidan kelgan taklifni qabul qilmadi.

Aynan shu sababdan, uning Saudiyaga borishi nafaqat klub, balki butun mintaqada futbol sohasida katta shov-shuvli voqea bo‘lishi mumkin. Xavining taniqli taktik tafakkuri, Yevropa miqyosida to‘plagan tajribasi va «Barselona»da qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari «Al Ittihod»ning yuqori maqsadlari bilan mos tushishiga ishonch kuchli.

Endi barcha savollar muzokaralarning qanday yakun topishiga bog‘liq. Agar kelishuv ijobiy yakun topsa, Xavi Saudiya Arabistonidagi eng katta loyihalardan biriga qo‘l urgan bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi “Al Ittihod” klubi bilan Saudiyada ish boshlashi mumkin