10 402
Maktabda jazo: aybdorlarni qamchilash, ariga talatish va emaklashga majbur qilinadigan o‘quvchilar
Zamonaviy o‘qitish tizimida pedagogning jismoniy ta’sir yo‘li bilan o‘z o‘quvchilariga jazo berishini tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Lekin internetdagi ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, ayrim davlatlarda o‘quvchilarni jismoniy kuch ishlatib tarbiyalash usuli hamon mavjudligi ayon bo‘ladi.
Ayniqsa, bu borada Afrika maktablarida qo‘llaniladigan jazo choralari o‘zi xos. Masalan Namibiyada maktabda aybdor bo‘lgan bolani ari uya qurgan daraxt ostiga bir necha soat qo‘yishadi. Bu jazo chorasidan qizlar ham benasib qolmaydi.
Chunki ular o‘qish huquqiga ega emas va o‘g‘il bolalarga havaslari kelib, gohida maktab atrofida o‘ralashib qolishadi. Liberiya va Keniya davlatlarida itoatsiz bolalarni qamchi bilan savalash odati saqlanib qolgan. Myanmada o‘quvchining dars vaqtida gapirishi, tanaffusda yugurishi yoki vazifani noto‘g‘ri bajarishi uning tayoq bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi.
O‘quvchi jiddiyroq xatoga yo‘l qo‘ysa, uni qo‘lini qovushtirgan holda tizzani bukib yurishga majbur etishadi. Bunda o‘stoz uning qulog‘ini cho‘zib borishi kerak.
Taraqqiy etgan Evropa ham o‘quvchilar uchun tanga jarohat etkazish bilan bog‘liq jazo chorasi yo‘q deya maqtanolmaydi. Agar Buyuk Britaniya misolida gapiradigan bo‘lsak, 2011 yilda konservativlar partiyasi boshliq hukumat yosh avlodning bebosh bo‘lib borayotgani va internet olamidan chiqolmaganini rukach qilib, maktablarda jazo chorasi sifatida jismoniy kuch ishlatmaslik taqiqi bekor qilganini keltirish mumkin.
Fransiyada bola ota yoki onasi uni maktabdan olib ketmagani uchun jazolanadi. Agar bu hol ikkinchi bor takrorlansa, jarima qo‘llanilishidan tashqari, bola tarbiyasi qoniqarsiz ekanini bildiruvchi baho ham oladi. Germaniya bu borada odobli. Lekin ularda shunday jazo chorasi borki, undan o‘tdan qo‘rqandek hayiqishadi. Bu yozgi o‘qish. Agar davomat uchun etarli soat jamlanmagan bo‘lsa, bunda farqi yo‘q — betoblanib dars qoldirilganmi yoki boshqa sababdan, uch hafta davomida har kuni ta’til vaqti yozgi o‘qishga qatnash kerak bo‘ladi. O‘qitish haqqi, albatta ota-ona hisobidan.
Koreya ta’lim tizimida ikki xil — yakka va guruhiy jazolash usuli bor. Birinchisi arzimas xatolar, uy vazifasini bajarmaslik yoki darsdagi odobsizlik uchun ko‘rsatkich tayoqcha bilan tananing biror joyiga urish. Bu urish nomiga bo‘lib, bolaga og‘riq bermaydi va ular bunday shikoyat qilishmaydi. Guruhiy jazolashda bir o‘quvchining xatosini butun sinf bo‘yniga oladi. Bunda ko‘pincha o‘quvchilar jazoni hammasi birgalikda, ya’ni qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda o‘tashadi. Bu jazoga chidash oson emas.
Braziliyalik o‘qituvchilar sho‘x va to‘polonchi bolalarni jazolash uchun uzoq vaqt eng qadimgi usul — tan jazosidan foydalanib kelishgan bo‘lishsa, hozir insonparvar bo‘lishgan va ular qo‘llaydigan eng og‘ir jazo bolalarni tanffusda futbol o‘ynatmaslik hisoblanadi.
Kelajak avlodni jazolashning antiqa yo‘lini topishda yaponlarga teng keladigani topilmasa kerak. Ilgari ular darsga e’tiborsiz o‘quvchini boshiga kosa qo‘yib, bir oyog‘ini erga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida tutishga majburlagan bo‘lishsa, hozirda qilgan bu ishlaridan ular pushaymonda va endi bolaning shaxsiy kamol topishi uchun ularga yuqori darajada imkoniyat yaratishadi.
Qudratli Amerikani ham qatordan qoldirib bo‘lmaydi. Uning ta’lim tizimi dunyoda eng murakkab hisoblanadi. Qancha shtat bo‘lsa, shuncha o‘quvchilarni baholash mezoni bor.
Ba’zi shtatalarda bolalarning tahqirlanishi ham kuzatilgan. Bular Alabama, Jorjiya, Arkanzas. Darvoqe, etti yoshli o‘g‘lini urgan o‘qituvchi ustidan polisiyaga shikoyat qilgan ona tufayli Alabama butun dunyoga ovoza bo‘ldi. Bechora bolaning aybi sinf eshigini so‘roqsiz ochgani bo‘lgan. Ushbu mojaro tekshirilgandan so‘ng, maktab direktori o‘qituvchining harkatini to‘g‘ri deb topgan va qo‘llangan jazoni adolatli hisoblagan. Lekin ko‘pchilik holatlarda Amerika va uning qo‘shnisi bo‘lgan Kanadada o‘quvchiga ko‘riladigan eng og‘ir jazo sifatida uni ma’lum vaqt maktabdan chetlatish hisoblanadi. Agar bolaning aybi darsga quloq osmagani bo‘lsa, ota-onasi uni darhol psixologga olib borib, farzandi o‘zini maktabda nega bunday tutishining sababini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Rossiyada bunday be’mani usullar yo‘q, lekin, gohida sanoqli bo‘lsada, ajablanarli va hatto bolani shavqatsizlarcha jazolash hodisasi kuzatilgan. Masalan o‘quvchining kundaligiga ota yoki onasi qo‘l qo‘ymagani uchun uni tanaffusga chiqarmaslik yoki o‘tgan darsni undan so‘ramaslik holatlari aniqlangan. Ukrainaning bir maktabida devorga «sharmandalik doskasi» osishib, unda darsga kechikkan yoki maktab kiyimida bo‘lmagan o‘quvchilarning suratlarini berishgan. Maktab direktori o‘ylab topgan ushbu jazo usuli, xayriyatki ommalashmadi.
Misol keltirgan barcha bolalarni jazolash choralari 21-asr maktablarida ro‘y bergan. Bolalarning huqukini himoya qilish borasida har kuni gapirilayotgan bugungi kunda, nahotki har bir bola bebaho va nozik o‘z ichki dunyosiga ega yorqin shaxs ekanini ta’kidlash kerak bo‘lsa. Biz kattalar har bir kichik odamga berishimiz mumkin bo‘lgan barcha yaxshiliklarni ulashib, ularni asrashimiz, rivojlantirishimiz, sevishimiz shart. Agar ularga nisbatan, kim tomonidan bo‘lmasin, shavqatsiz yoki yomon munosabatni ko‘rsak, jim turmaylik. Hayotga endi-endi qadam qo‘yayotganlarga yordam beraylik. Ularga bugun qanday munosabatda bo‘lsak, erta ular bizga shunday javob qaytarishadi.
Xurshid NURULLAEV tayyorladi
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)